Rasman: "Barselona" Rafinya bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
22 may 2025
Rafinya va "Barselona" o'rtasidagi hamkorlik uzoq vaqt davom etadi.

Kataloniya klubi 28 yoshli vinger bilan shartnoma 2028 yilgacha uzaytirilganligini rasman e'lon qildi. Yangi kelishuvda futbolchining maoshi oshirilishi ko'zda tutilgan.

Braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda klubi va termasi tarkibida umumiy hisobda 62 o'yinda 38 ta gol urdi va 23 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com