

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi "Roma" klubini boshqarish haqidagi taklifga rozilik bergan. Bu haqda "La Stampa" nashri xabar berdi. Manbaning keltirishicha, Klopp qarorni 18 may kuni qabul qilgan. Ma'lumotda Rim klubi yozgi transfer oynasida 6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi haqida ham ma'lumot qo'shib ketilgan.
"Roma" Italiya A Seriyasi so'nggi turi oldidan 5-o'rinda bormoqda va oxirgi turda YCHLga ilinish uchun kurash olib boradi. Jamoaning ayni paytdagi ustozi Klaudio Raneri mavsum yakuniga etgach jamoa boshqaruvini tark etadi.
Klopp oxirgi jamoasi bo'lmish "Liverpul" bilan APL va YCHL bosh sovrinini boshi uzra baland ko'targan. Tez orada O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni Klopp qo'lostida ko'rishimiz mumkin...

Italiya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>> A SERIYA



