

Islombek Ismoilov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi ertaga, 2 may kuni shu yilning noyabr oyida Qatarda o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 10 may kuniga qadar davom etadigan yig'in davomida mashg'ulotlar Toshkent shahri va Chimyon tog'ida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati 3-27 noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi.



