​"Olimpik" sobiq futbolchisi Qozog'iston klubiga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025
Qozog'istonning "Turon" jamoasi himoyachi Odil Abdumajidov transferini e'lon qildi.

"Metallurg", "Olimpik", "Dinamo" va "Ordabasi" jamoalari sobiq a'zosi yangi mavsumda "Turon" sharafini himoya qiladi.

23 yoshli Abdumajidov faoliyati mobaynida O'zbekiston U-19, U-21 va U-23 terma jamoalarida harakat qilgan.

Transfermarkt portali futbolchini 400 ming evroga baholagan.

Avvalroq "Turon" yana boshqa o'zbekistonlik futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/fc.turan