Eshitdik-da! "Paxtakor"ga kolumbiyalik hujumchi kelmoqda

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025
Hujumchi Brayan Riaskos O'zbekiston Superligasida to'p tepadi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 30 yoshli forvard "sherlar" bilan kelishuvga erishib bo'lgan.

Riaskos faoliyati davomida Braziliya, Portugaliya, Kolumbiya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Xitoy mamlakatlarida o'ynagan. 

2024 yil Xitoyning "Cindao Uest Kost" jamoasi sharafini himoya qilgan hujumchi 19 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi 550 ming evro etib belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia