

Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush ma'lum qildi.
Neymarni chempionatning ikkinchi qismi uchun ro'yxatdan o'tkazmadik. Biroq u OCHLda o'ynashi mumkin. Saudiya Arabistoni dunyoning eng zo'r ligalaridan biri, Al Hiloldagi istalgan futbolchi Yevropaning yaxshi jamoalarida o'ynay olishadi.
Neymar avvalgi darajadagi futbolini ko'rsata olmayapti. Shuning uchun ham biz uni chetlatishga majbur bo'ldik.
Uning Al Hilol bilan shartnomasi bor, biroq u kelajagi borasida bir qarorga kelishi lozim.
Men Neymarning kelajagi haqida bir nima deya olmayman. Bizda 2003 yilda tug'ilgan yoki undan kichikroq o'yinchi uchun bita bo'sh joy bor. Biz hozir bu o'rinni egallashi mumkin bo'lgan vinger qidiryapmiz.
Saloh va boshqa yulduzlarni qishda jamoamizga kelishi haqidagi xabarlar yolg'on. Yozda bo'lishi mumkin, - dedi Al Hilol ustozi.



