"Bunyodkor" yirik miqdordagi tovon puli evaziga OKMK futbolchisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2025, 16:37
2024 yilgi mavsumda OKMK bilan 3 yillik shartnoma imzolagan markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov endilikda faoliyatini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida davom ettiradi.

OKMK futbolchini "Bunyodkor" klubiga transfer qildi. Ma'lumotlarga qaraganda, "qaldirg'ochlar" Rahimjonov uchun "konchilar"ga katta tovon puli to'lab bergan.

"Konchilar"ning yosh va istiqbolli himoyachisi o'tgan mavsumni "Olimpik" safida boshlagan bo'lsa, mavsumning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" klubiga ijaraga o'tkazilgandi. Asadbek Rahimjonov yangi mavsumdan boshlab rasman "qaldirg'ochlar" safida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia