"Oltin to'p" sohibi: "Dam olish kunlari 5-6 tadan o'yin tomosha qilyapman"

Tolibjon Qosimov
20 noya 2024, 17:00
Yaqindagina "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan ispaniyalik yarim himoyachi Rodri jarohat saba safdan chiqqanini yaxshi bilasiz.

"Manchester Siti" a'zosi bazi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hozir ko'proq vaqtimni uyimda o'tkazyapman va dam olish kunlari (shanba va yakshanba) 5 yoki 6 tadan o'yinni tomosha qilyapman. Men ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman, lekin nimalar ro'y berayotganidan xabardor bo'lib turaman.

Biror bellashuvni tomosha qilayotganimda ayrim ma'lumotlarni bilishni xohlasam shunchaki "Google"ga kiraman va "Rodri stats" deb qidiruv beraman. Shunday qilib men u yerda o'z staistikalarimni tekshirib olaman, masalan".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FootballTalkHQ