Deku: "Biz hozir nafaqat sovrinlar yutish, balki kelajakka mustahkam poydevor qo'yish haqida ham o'ylayapmiz"

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024
"Barselona" sport direktori Deku klub yarim himoyachi Pedri bilan yangi shartnoma imzolash niyatidaligini ma'lum qildi.

"Biz Pedri bilan yangi shartnoma imzolaymiz. Uning o'zi ham "Barsa"da muvaffaqiyat qozonmoqchi. Pedri bu erda o'z tarixini yozishni istaydi.

Biz hozir nafaqat sovrinlar yutish, balki kelajakka mustahkam poydevor qo'yish haqida ham o'ylayapmiz. Pedri esa shunday muhim futbolchilardan biri!".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо