"Manchester Siti" Koul Palmerni qaytarmoqchi va bu transferga 150 mln evro sarflashga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2024
"Manchester Siti" yarim himoyachi Koul Palmerni "Chelsi"dan ortga qaytarmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, Kevin De Bryuyne kelasi yil yozda "shaharliklar" bilan xayrlashishi mumkin, klub esa Palmerni belgiyalikka o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Manchester Siti" Palmer transferi uchun 150 mln evro sarflashga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" manchesterliklar tarbiyalanuvchisini 50 mln evroga sotib olgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: X.com