

"Shaharliklar" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi bilan shartnoma tuzishni o'ylamoqda. Ular futbolchining shartnomasida belgilangan tovon pulini to'lashga tayyor. Martinning tovon puli 60 million evroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, Subimendi o'tgan yozda "Liverpul"ga ko'chib o'tishi mumkin edi, biroq 25 yoshli futbolchi "Real Sosedad"ni tark etishni istamagandi.



