O'zbekiston - KXDR: Terma jamoamiz tarkibida yo'qotish bor

Omonjon To`xtamirzayev
5 sen 2024, 14:07
Bugun JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuv bilan saralashning uchinchi bosqichi start oladi. Afsuski, unda terma jamoamiz himoyachilaridan biri Abduqodir Husanov ishtirok eta olmaydi. "Lans" futbolchisi shifokorlarning tavsiyasiga ko'ra, jarohat sababli KXDRga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Terma jamoamiz shifokorlari va murabbiylar shtabi futbolchimizning kichik jarohati jiddiy ko'rinish olishidan saqlash maqsadida shunday qaror qilgan.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia