Kuman Bergveynning "Al Ittihod"ga transferi haqida: "26 yoshda pul - asosiy maqsadingiz bo'lmasligi kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024
Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman hujumchi Steven Bergveynning "Ayaks"dan "Al Ittihod"ga o'tganiga munosabat bildirdi.

"Siz endi 26 yoshda bo'lsangiz, moliyaviy emas, sportga aloqador maqsadlar, ambiciya bo'lishi kerak. 

To'g'ri, qarorni futbolchi qabul qiladi. Men bunday holatda bo'lmaganman, chunki menda "Barselona"ga o'tish varianti bo'lgan. Steven kamida "Ayaks"da qolishi mumkin edi – nahot bu yomon variant bo'lsa?

Ha, har bir qarorni hurmat qilish zarur, ammo men bunday transferga rozi bo'lmagan bo'lardim".


Pep Gvardiola: "Ronaldo va Ronaldinyo kabi futbolchilarni boshqa ko'rmadim"


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bbc.com