JCH-2026 saralashi. Qatar bo'lajak o'yinlar uchun tarkibini e'lon qildi. Ro'yxatda Ispaniya klubidan chaqirilgan futbolchi ham bor

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2024
Xabaringiz bor, bir necha kundan keyin JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Markes Lopes boshchiligidagi Qatar terma jamoasini oldinda BAA va Shimoliy Koreya termalariga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

Murabbiy ayni shu bahslar uchun termaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.


Darvozabonlar: Meshaal Barsham (Al Saad), Muhammad al Vakri (Al Vakra), Saad al Shib (Al Saad), Saloh Zakariyo (Al Duxayil);

Futbolchilar: Abdulrahmon Mustafo (Al Ahli), Abdulaziz Xatem (Al Rayyan), Abdulloh al Yazidi (Al Saad), Ahmad Alaa (Al Arabi), Ahmad Fathi (Al Arabi), Akram Afif (Al Saad), Almoez Ali (Al Duxayil), Assim Madibo (Al G'arafa), Bassam al Ravi (Al Duxayil), Xomam al Amin (Al Duxayil), Ibrohim al Hassan ("Kalaorra", Ispaniya), Ismoil Muhammad (Al Duxayil), Jassim Jobir (Al Arabi), Karim Budiaf (Al Duxayil), Lukas Mendez (Al Vakra), Muhammad Vaad (Al Saad), Muhammad Ayash (Al Duxayil), Pedro Migel (Al Saad), Sulton al Breyk (Al Duxayil), Tamim Mansur (Al Rayyan), Tariq Salmon (Al Saad), Yussuf Abdulrazzoq (Al Saad).

Bosh murabbiy: Markes Lopes


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia