

Manbaga ko'ra, 29 iyul kuni Ispaniya, Marokash va Portugaliyaning qo'shma arizasi tashkilotchilari FIFAga o'yinlar o'tkaziladigan stadionlar ko'rsatilgan hujjatni taqdim etgan.
8-9 iyun kunlari Argentina va Urugvay ishtirokida Jahon chempionatining 100 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
Jahon chempionatining guruh bosqichi 13-30 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Pley-off bahslari 1 iyulda boshlanadi, final o'yini esa 21 iyulga belgilangan.



