

Pro liga ishtirokchisi "Do'stlik" Toshkent mavsumning ilk davrasi uchrashuvlarini "Lokomotiv" stadionida o'tkazdi. Endilikda "Lokomotiv" ta'mirlash ishlari uchun yopildi. Klubning o'zi uy uchrashuvlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazadigan bo'ldi. U-21 jamoasi uchun esa TTYMI stadioni tayyorlandi.
Shundan kelib chiqib, "Do'stlik" Toshkent ikkinchi davra uchrashuvlarini "Paxtakor" stadionida o'tkazish yuzasidan "Paxtakor" klubi bilan kelishuvga erishdi.



