"Lokomotiv" Qirg'iziston terma jamoasi sardori bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024, 18:02
"Lokomotiv" davralar oralig'idagi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishga urinmoqda.

"Temiryo'lchilar" Qirg'iziston terma jamoasi sardori Valeriy Kichin bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv yarim yilga mo'ljallangan. Bu haqda "Lokomotiv" Telegram kanalida e'lon qilindi.

Markaziy himoyachi rolida to'p tepadigan Valeriy Kichin so'nggi 4 yil Rossiyaning "Enisey" klubi sharafini himoya qilib, 119ta bahsda 18ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia