Evro-2024. Avstriyalik futbolchining yagona goli Fransiyaga ilk turda g'alaba taqdim etdi

Khoja
18 iyun 2024
Evro-2024 guruh bosqichidan o'rin olgan Avstriya va Fransiya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Avstriya - Fransiya 0:1

Avstriya: Pentc, Vober, Danso, Posh, Sivald, Sabitcer, Grillish, Gregorish, Mvene, Baumgartner, Laymer.

Fransiya: Menyan, Upamekano, Kunde, Grizmann, Mbappe, Dembele, Kante, Rabo, Tyuram, Saliba, T. Ernandes.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berdi

90. Mbappe maydonga tushib ketdi va shu sababli hakam tomonidan ogohlantirildi

88. Mbappening burni sindi, u zaxiraga olinadi

84. Ogohlantirish: Laymer MBappega qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

83. Tyuram navbatdagi yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi

80. Ogohlantirish: Baumgartner darvozabonga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

76. Endi navbat Avstriya termasida. Ular bir nechta hujumlar tashkil qilishdi, lekin hech bir hujum zarba bilan yakunlanmadi

71. O'zgarish: Kolo-Muani va Kamavinga maydonga tushdi, ular Dembele va Rabioni alishtirishdi

68. Tyuramning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

67. Francuzlar so'nggi daqiqalarda yaxshi vaziyatlarga ega bo'lishdi, biroq hozircha francuzlar gol urishda qiyinchiliklarga uchrashmoqda

64. Usman Dembelening uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

62. Marsel Zabitcer raqib maydonchasining ichida yiqildi, hakam penalti yo'q deb hisobladi



62. Dembelening uzatmasiga Mbappe yetib kela olmadi

56. Ogohlantirish: Dembele sariq oldi

'55. Mbappe Lukakudan ham o'tib tushdi. Francuzlar sardori 99 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi 

55. Ikkinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasi ancha sokin o'tdi. 

48. Stefan Poshning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Mbappe navbatdagi imkoniyatidan foydalana olmadi

42. Goldan so'ng avstriyaliklar ham hujum qilishni boshladi, navbatdagi burchak zarbasi o'xshamadi

38. GOOOL. Mbappening uzatmasidan so'ng Maksimilian Veber o'z darvozasini ishg'ol qildi

36. Avstriya hisobni ochishiga sal qoldi. Kristof Baumgartnerning zarbasini darvozabon ajoyib tarzda qaytardi

34. Ogohlantirish: Dembelega yana juda qo'pol o'ynashdi va Filipp Mvene ogohlantirildi

32. Konrad Laymer Fransiya maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'ladi, to'pni darvozabon ushlab oldi

29. Avstriyaliklar hakamning qarorlaridan norozi bo'lishni boshlashmoqda. Umid qilamizki, uchrashuv hech qanday janjallarsiz yakunlanadi

23. Avstriyaliklar burchak zarbasini amalga oshiradi. Biroq ularning urunishi omadsizlik bilan yakunlandi

19. Grizmanning zarbasini Danso qaytarmoqda. Mbappe jamoasida navbatdagi burchak zarbasiga ega bo'ldi

16. Ogohlantirish: Usman Dembelega nisbatan Maksimilian Veber juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

13. Teo Ernandes hujumga o'tdi va o'tkir burchakdan zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

8. Mbappeda ilk xavfli vaziyat paydo bo'ldi, biroq francuzlar sardorining zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

5. Fransiya uchrashuvning boshidan to'pga egalik qilishga intilmoqda. Hozircha avstriyaliklar yaxshi harakatlanishmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI


KhojaMuallif
Manba: championat.asia