Toni Kroos "Real Madrid"da qoladi!

Administrator
28 mar 2024, 00:35
Madrid klubi futbolchi bilan yana bir yillik shartnoma imzolaydi.

"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Toni Kross klub bilan bir yillik yangi shartnoma tuzadi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar qildi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, Kroos va "Real" yangi shartnoma bo'yicha kelishib olishgan. Hozirda faqat rasmiyatchilik ishlari qolgan.

Eslatib o'tamiz, Toni Kroos yaqindagina uzoq muddatli tanaffusdan so'ng Germaniya termasidagi faoliyatini ham qayta tiklagandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano