"Barselona" yaponiyalik vinger bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2024
Kataloniyaliklar hujum guruhiga qo'shiladigan futbolchi qidirmoqda.

"Brayton" vingeri Kaoru Mitoma faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ferran Korreas xabar bermoqda.

"Barselona" Mitomani transfer qilish bo'yicha shartnomaga "Brayton"da ijara asosida o'ynayotgan o'yinchisi Ansu Fatini ham qo'shishni rejalashtirmoqda. Fati hozirda og'ir jarohatidan davolanish bilan band.



Mitoma joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FC Barcelona Noticias