Sardor Rashidovning yangi klubi ma'lum?!

Alisher
31 yanv 2024
"Paxtakor" sobiq o'yinchisi Sardor Rashidov BAA klubi libosida ko'rinish berdi.

U o'zining instagramdagi sahifasida "Dubay Siti" libosida harakat qilayotgani aks etgan suratni joyladi va unga smaylik qoldirdi.

Bu surat "Dubay Siti" va "Al Vasl" U-21 jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan olingan. Unda "Al Vasl" 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

Ammo, futbolchining klubga rasman o'tgani borasida ma'lumot yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Dubay Siti" BAAning 2-divizionida 17 turdan so'ng 7 ochko jamg'argan holda 16-o'rin (tushib kyetish hududi)da bormoqda.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia