O'zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogining 1-turiga tayinlov olishdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2024, 13:36
Kecha Qatarda Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining “D” guruhi 1-turi doirasidagi Indoneziya – Iroq o'yinida Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam) hakamlik qilishadi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda zaxira hakami sifatida tojikistonlik Gulmurodi Sadullo, VAR Salmon Ahmad Falahi (Qatar) hamda AVAR Sivakorn Pu-Udom (Tailand) ishlashadi.

Mazkur bahs 15 yanvar kuni soat 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) Al Rayyan shahridagi “Ahmad bin Ali” stadionida o'tkaziladi.

Osiyo kubogi | “D” guruhi, 1-tur
INDONEZIYA – IROQ
15.01.2024 | 19:30
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin (ikkalasi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Gulmurodi Sadullo (Tojikiston)
VAR: Salmon Ahmad Falahi (Qatar)
AVAR: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)

Hakamlarimizga mazkur o'yinda omad tilab qolamiz.


Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o'yinda ishlagan?        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати