"Neftchi" Turkiyadagi yig'inga yo'l oladiganlar ro'yxatini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2024, 00:41
"Neftchi" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada boshlaydi.

Klub matbuot xizmati jamoa bugun Turkiyaga uchib ketishini, yig'in Antalyada o'tkazilishini ma'lum qildi.

"Yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubi a'zolari bugun soat 3:00 da Toshkent-Stambul aviayo'nalishi orqali tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayonida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga yo'l olishadi. 


Ikkinchi bosqich jarayoniga  jalb qilingan jamoa a'zolari ro'yxati bilan tanishtirib o'tamiz:


Ijrochi direktor: Muhammadsolih Abdusattorov

Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko

Murabbiylar: Vladimir Ejurov, Anvar Norqulov, Farruh Berdiev, Lutfulla To'raev

Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzaev

Fizioterapevtlar: Ulug'bek Hamdamov,Ruslan Isxakov

Mamurlar: Abduvali Yo'ldashev, Oybek Aliev.

Operator: Ildar Galiulin.

Analitik: Doniyor Murodov


Futbolchilar: Akbar To'raev, Asror Kenjaev, Sanjar Quvvatov, Muhsin Ubaydullaev, Anvar G'ofurov, Jaloliddin Jumaboev, Mirzohid G'ofurov, Doniyor Valiev, Shohruh Yoqubjonov, Abbos G'ulomov, G'ulom-Haydar Gulyamov, Diyor Turopov, Jasur Jaloliddinov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Qahramonov, Muhammadali Xolmatov, Shohruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev, Muhsin Bozorov, Behruz Oblaqulov" - deyiladi klub Telegram kanalida.


Turkiyaga uchib ketadigan tarkibda o'tgan mavsum farg'onaliklar sharafini himoya qilgan Sharof Muhitdinov yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia