O'zbekiston U-18 terma jamoasi "Ol Ibaraki" U-22 ga yirik hisobda taslim bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023
Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Yaponiyada o'tayotgan o'rtoqlik musobaqasidagi ishtirokini boshladi.

Uchrashuvda "Ol Ibaraki" U-22 jamoasi 7:2 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston tarkibida Daler Tuxsanov va Asilbek Jumaev gol urishdi.

O'zbekiston U-18 termasining keyingi uchrashuvlari "Kanto Universiteti" U-20  va Yaponiya U-18 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston U-18 terma jamoasi: Maksim Murkaev, Alijon Bukmurotov, Ravshan Xayrullaev, Daler Tuxsanov, Muhammadali O'rinboev, Abdugafur Haydarov, Meyirbek Rejabaliev, Ruziboy Fayzullaev, Rustambek Fomin, Asilbek Jumaev, Saidxon Hamidov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати