"Brayton" MYUning ustidan kuldi-mi?!

Omonjon To`xtamirzayev
22 sen 2023, 13:26
"Manchester Yunayted" yozda "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, "qizil iblislar" yosh forvard transferi uchun 57.5 mln evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq, Brayton-end-Xov klubi transfer bozoridagi hozirgi narx-navoda iqtidorli yosh hujumchisi uchun bunday summa taklif qilinganiga shunchaki kulib qo'ygan. Ular "Manchester Yunayted"ga jiddiyroq taklif bilan qaytishni ma'lum qilishgan.

Bu mavsum Fergyuson 5 o'yinda 4 ta gol urishga (barchasi o'yindan) muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fapl.ru