Igor Sergeev faoliyatida ilk bor OCHLda xet-trik qayd etdi

Iskandarov Abdulaziz
22 avg 2023
"Patum Yunayted" OCHL saralash bahslarida "Shanxay Port FK" bilan kuch sinashdi (3:2).

Tailand jamoasining o'yindagi uchta goliga hamyurtimiz Igor Sergeev mualliflik qildi. Shu tariqa futbolchi faoliyatida ilk marotaba OCHLda xet-trik qayd etdi. Bunga qadar u 2 marotaba dublga erishgan, "Al Jazira" (2016), "Shaxr Xodro" (2020). Sergeevdan tashqari Odil Ahmedov ( "Paxtakor" safida 2010 yil "Al Ayn"ga), Marat Bikmaev ("Lokomotiv" safida 2017 yil "Al Tavun"ga) ham OCHLda xet-trik nishonlagan. 

Umumiy gollari sonini esa 19tga etkazib oldi.

GOLLAR VIDEOSI


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia