

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Abduqodir Husanov bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va Fransiya vice-chempioni "Lans" klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz "Lans"da 25-raqam ostida to'p tepadi.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Ma'lumot uchun, "Lans" o'tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o'rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.
"Lans" klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtliman. Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlayman va menga imkoniyat berilgan har bir daqiqadan unumli foydalanishga intilaman. Yangi klubim safida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Abduqodir Husanov shartnoma tuzganidan so'ng championat.asia saytiga.





