

Taniqli insayder Nikola Skira Eldor Shomurodov faoliyatini "Kalyari"da davom ettirishini ma'lum qildi. Tomonlar o'zaro kelishib olishgan "Kalyari" Eldorni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Futbolchi bilan shartnoma 2027 (1+3) yilga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yilda "Jenoa"dan "Roma"ga o'tgan. O'tgan mavsumning ikkinchi qismini esa ijara asosida "Speciya"da o'tkazdi.


