Eshitdik-da! "Navbahor" serbiyalik himoyachiga qiziqmoqda

Оқил Абдубарноев
7 iyul 2023, 21:31
Futbolchi yarim million evroga baholangan.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Namanganning "Navbahor" klubi serbiyalik markaziy himoyachi Filip Ivanovichga qiziqish bildirmoqda. 

Qayd etilishicha, hozircha futbolchi bilan muzokara o'tkazilmoqda. 31 yoshli o'yinchi faoliyati davomida "Hayduk", "Zvezdara", "Bejaniya, "Indjiya", "Sabah" kabi klublarda o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Radnichki" hisoblanadi.

Transfermarkt portali markaziy mudofaa vakilini 500 ming evroga baholagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia