Tomas Tuxel: "Holat qiyinlashgan, ammo umid qilsa bo'ladi"

Mirjalol Normatov
28 apr 2023, 21:35
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesliga chempionligi haqida gapirdi.

"Holat qiyinlashgan, biroq umid qilsa bo'ladi. Hali o'yin bobida anchagina yaxshi bo'lishimizga ishonyapman. "Gerta" - oldindan aytib bo'lmaydigan topishmoq jamoa, u yerda bosh murabbiy o'zgardi.

Bizdan kutilayotganlarni biroz kamaytirishimiz kerak. Birdaniga bunchalik ko'pini kutib bo'lmaydi. Asta-sekinlik bilan rivojlanib boramiz. Biroq shu bilan birga natija ham juda muhim.

Bo'layotgan ishlarni to'g'ri qabul qilamiz. So'nggi nafasgacha kurashamiz. Chunki so'nggi 2 o'yinda biz 5 ochko yo'qotdik", - dedi "Bavariya" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN