

Yangi mavsum oldidan tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi jamoa o'z safiga bir qator mahoratli futbolchilarni jalb etishda davom etmoqda. Xususan, Serbiya davlati fuqarosi, hujumchi Milan Bojovich yaypanliklar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Milan Bojovich faoliyati davomida "Mladost", "Radnichki", "Qaysar" va "Jetisu" kabi nomdor klublar safida, shuningdek, Serbiya davlatining turli yoshdagi terma jamoalari safida ham maydonga tushgan.




