Nazarov "Bunyodkor"dan ketdimi?

16 yanv 2023, 12:25
Poytaxt klubi atrofida tushunarsiz voqealar ro'y berayotganidan xabardorsiz.

Jamoa bosh direktori Aziz Haydarov ishdan olinganidan keyin bosh murabbiy Ivan Boshkovich ham jamoada qolmasligini ma'lum qildi. Natijada "Bunyodkor"ni BAAda o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga Hikmat Hoshimov va Abduhamid Qodirov olib ketdi. 

Abu-Dabiga yo'l olgan futbolchilar orasida Vladimir Nazarov ko'rinmadi. Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'zievning ma'lum qilishicha, 20 yoshli darvozabon Aziz Haydarov iste'foga chiqarilganidan keyin jamoadan kyetib qolgan. U 7 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgan edi. 

Shuningdek, "qaldirg'ochlar" yig'inida qatnashayotgan Shohjahon Sultonmurodov ham "Bunyodkor"ni tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia