

Marat Bikmaev va Sahob Rashidov "Dinamo" bilan xayrlashdi
Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, tajribali forvard sobiq jamoasi "Lokomotiv"ga qaytmoqda. Marat Bikmaev 2014-2018 va 2020-2021 yilgi mavsumlarda "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilgan (142ta o'yin, 70ta gol), jamoa bilan O'zbekiston chempionati va kubogida zafar quchgan.
Futbolchi erkin agent sifatida poytaxt klubiga o'tadi. Tez orada tomonlar shartnoma imzolashlari kutilmoqda.



