Saloh – “Liverpul” to'purarlari ro'yxatida 7-o'rindagi Dalglish bilan tenglashdi. U 238 o'yin kam o'tkazgan holda bunga erishdi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2022
APL 17-turida “Liverpul” safarda “Aston Villa”ni 3:1 hisobida engishga erishdi.

Mersisaydliklar safida Muhammad Saloh raqib darvozasini ishg'ol etdi va gollardan biriga hammualif bo'ldi. U “qizillar” tarkibidagi umumiy gollari sonini 172 taga etkazib, klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 7-o'rindagi Kenni Dalglish bilan tenglashdi. Misrlik buning uchun 238 o'yin kamroq o'tkazdi – 277 ga 515.

Ulardan yuqorida quyidagi futbolchilar joy olgan: Ian Rash (346), Rojer Xant (285), Gordon Xodjson (241), Billi Liddell (186), Stiven Jerrard (186) va Robbi Fauler (183).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com