

Qashqadaryo klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirish ustida jiddiy bosh qotirmoqda. "Nasaf" mutasaddilari Javohir Sidiqov, Jasur Jaloliddinov, Shohruh Gadoev, Shuhrat Muhammadiev hamda Sanjar Shoahmedov singari futbolchilarning xizmatiga qiziqish bildiryapti.

Ma'lumot uchun, Shohruh Gadoev bilan Shuhrat Muhammadiev "Nasaf"ning sobiq futbolchilari hisoblanishadi.

Avvalroq "ajdarlar" matbuot xizmati Bahrom Abdurahimov bilan kelishuv uzaytirilgani to'g'risida xabar bergandi.



