Eshitdik-da! Aleksandr Xomyakov "Andijon" bosh murabbiyi bo'ladi

Iskandarov Abdulaziz
9 dek 2022, 15:38
"Andijon" jamoasida murabbiylar o'zgarishi yuz bermoqda.


Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan murabbiy Aleksandr Xomyakov tez fursatlarda "Andijon" jamoasi bosh murabbiyga aylanadi. Uning so'nggi ish joyi Muborakning "Mashal" klubi bo'lgandi. Avvalroq ushbu mavsumda "burgutlar"ni Pro ligaga olib chiqqan Viktor Kumikov Qozog'iston klublarida ish boshlashi haqida ma'lum qilgan edik.

Ma'lumot uchun, jamoa a'zolari 15 dekabr kuni Xonabodda yig'ilishadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia