Eshitdik-da! Shohruz Norxonov "Navbahor"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
6 dek 2022, 20:36
Ushbu mavsumda Superligada kumush medallari va OCHL yo'llanma olgan "Navbahor" tarkibni kuchaytirishni boshlab yubordi.

Samvel Babayan hujum chizig'iga "So'g'diyona"dan Shohruz Norxonovni taklif qildi. Futbolchi keyingi mavsumdan boshlab  "lochinlar" sharafini himoya qiladi. 

Forvard Superligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi. OFK Kubogida esa 5 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 4 bor ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia