Qatarda eshitdik-da! Ronalduning keyingi jamoasi ma'lum

Оқил Абдубарноев
27 noya 2022
"Manchester Yunayted" yaqinda Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qilgandi.

Ayni paytda Qatarda bo'lib turgan championat.asia sayti muxbiri ingliz jurnalistlari bilan Ronaldu borasida suhbatlashdi. 

Ingliz jurnalistining ma'lumotiga ko'ra, Krishtianu Ronalduning yangi jamoasi "Chelsi" bo'ladi. London klubi yangi amerikalik xo'jayinlari portugaliyalik futbolchini mavsum boshlanmasidan oldin o'z jamoasida ko'rishni xohlashgandi. Biroq klubning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu transferga qarshi bo'lgandi. Buning oqibatida Tuxel va klub rahbari o'rtasidagi munosabatlar buziladi. Tez orada Tuxel qoniqarsiz natijalar sabab iste'foga chiqarilganidan xabardorsiz. 

Yanvar oyida erkin agent hisoblangan Ronalduni qo'lga kiritish uchun "Chelsi"da imkoniyat katta. Krishtianu bir necha bor Yevropa chempionlar ligasida o'ynaydigan klubga o'tish niyatida ekanini aytib o'tgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia