Nikolo Skira: Shomurodov "Bolonya"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 11:32
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Bolonya"da davom ettiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, tomonlar futbolchining sotib olish sharti bilan bir yillik ijarasi borasida muzokaralar davom ettirmoqda. Shundan keyin futbolchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va uning transfer summasi 10 million evroni tashkil qiladi.

O'tgan mavsumda Shomurodov "Roma" tarkibida A Seriyaning 28 o'yinida qatnashib, 3 gol va 4 assist qayd etdi. Unga "Vulverxempton" va "Torino" kabi klublar ham qiziqish bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira