Rasman: Otabek Shukurov - "Fotix Karagyumruk" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
27 iyul 2022, 22:50
Turkiyaning "Fotix Karagyumruk" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurovning transferini e'lon qildi.

Oldinroq Shaxboz Beg'amov ma'lum qilganidek, Shukurovning transfer summasi 420 ming evro bo'lgan. Klub matbuot xizmati bunga qadar futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tishi va klub bilan shartnoma imzolashi borasida rasmiy ma'lumot ham bergandi.

O'tgan mavsumda Otabek Shukurov "Sharja" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi. U 2017 yildan buyon sharjaliklar tarkibida o'ynab kelayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/karagumruk_sk