Rasman: "Paxtakor" chernogoriyalik Martinovich bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
21 iyul 2022, 14:02
Superliga klublari 2-davraga tayyorgarlikni davom ettirish bilan birga tarkibni shakllantirishga ham intilishmoqda.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" Chernogoriya terma jamoasi himoyachisi Iliya Martinovichni o'z safiga qo'shib oldi.

28 yoshli Martinovich faoliyatini Chernogoriyaning "Lovchen" klubida boshlagan. Keyinchalik u Sloveniyaning "Alyuminiy" va "Maribor" klublari safida o'ynagan. Ukrainaning "Chernomorec" klubida esa ushbu mamlakatdagi vaziyat tufayli o'ynay olmadi va yurtiga qaytdi. Ushbu himoyachi Chernogoriya terma jamoasida uch o'yinda maydonga tushgan. Martinovich bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekildi.


"Umid qilamizki, Martinovich jamoamiz bilan ko'plab g'alabalarga erishadi. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Iliya!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати