Timur Kapadze Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga qaytishiga munosabat bildirdi

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2022, 15:37
Bir necha soat oldin saytimizda Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga qaytishi haqida xabar chiqqan edi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mazkur holatga munosabatini bildirib o'tdi:

"Bu haqida eshitdim. Birinchi galda futbolchining "Lokomotiv" bilan shartnomasi bor edi. Chunki "Qayrat"da ijarada o'ynayotgandi. Fikrimcha, qaytgani yaxshiroq. Qozog'istonda o'yin amaliyoti kamroq bo'ldi. Bu yerda ko'zimiz oldida o'ynaydi. Hozirda jismoniy holatini tiklashi kerak. O'ylaymanki, "Lokomotiv"da yana avvalgi formasiga qaytadi. Bu o'tish har tomonlama yaxshi, deb o'ylayman",- deydi Timur Kapadze championat.asia saytiga.



Eshitdik-da: Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytyapti        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia