RASMAN! O'zbekiston U-23 va Yaponiya U-23 termalari o'rtasidagi o'yin o'zbekistonlik muxlislarsiz o'tadi. O'FA jarimaga tortildi

Administrator
15 iyun 2022
OFK bu boradagi rasmiy qarorini ma'lum qildi.

11 iyun kuni o'tkazilgan O'zbekiston U-23 va Iroq U-23 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdagi tartibsizlik borasida OFK rasmiy qarorini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-23 va Yaponiya U-23 termalari o'rtasidagi yarim final o'yini muxlislarsiz o'tadi. Bundan tashqari, O'zbekiston futbol federatsiyasi yo'l qo'yilgan tartibsizlik uchun 50 ming dollar miqdorida jarima ham to'laydi. 

Shuni qo'shimcha qilish joizki, yarim final o'yiniga Yaponiya jamoasining 500 nafar muxlisi stadionga kiritilishi mumkin. 

OFK agarda O'zbekiston futbol federatsiya yana shunday tashkiliy kamchiliklarga yo'l qo'ysa, navbatdagi jazo bundanda og'ir bo'lishi bilan ogohlantirgan.

Ma'lumot uchun, bundan bir necha soat avval telegram kanalimiz orqali aynan shu mazmundagi xabar berilgandi


AdministratorMuallif
Manba: the-afc.com