Superliga. "Nasaf" safarda kichik hisobda "Qo'qon-1912"dan ustun keldi

Iskandarov Abdulaziz
2 may 2022
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

QO'QON-1912 – NASAF 0:1 (TUGADI)

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, G'ayrat Jo'raev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Zoxirjon Akramxonov.

Gol: Umar Eshmurodov 87, 0:1

"Qo'qon-1912": 1. Muzaffar Abdullaev, 5. Slavko Lukich, 7. Jamshid Xasanov ( 10. Javohir Sidiqov, 72), 8.Sanat Shixov ( 23.Aleksandr Merzlyakov, 78), 11.Mo'min Meliev (70. Bilolxon Toshmirzaev, 59) 13. Sardor Azimov, 14. Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 18.Shaxzod Nurmatov (27. Anvar Xojimirzaev, 78) 33.Ivan Yosovich

Zaxira: 12. Islom Abdullaev, 4. Ilhom Vahobov, 19.Diyor Jaloldinov, 20. Murodjon Komilov, 22. Sardor Etovqo'ziev

"Nasaf":  35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov ( 99.Semir Smaylagich, 73), 4.Xusniddin Aliqulov, 7.Sharof Muxitdinov, 8.Dilshod Saitov, 10.Xusayn Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 30.Aziz Xolmurodov (9.Ivan Solovyov, 65), 77.Oybek Bozorov ( 27.Zafarmurod Abdurahmatov, 89), 88.Marko Stanoevich ( 18.Bahrom Abdurahimov, 73), 92.Umarbek Eshmurodov

Zaxira: 13.Azamat Soibov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov,  17.Suhrob Nurulloev, 23.Sardor Sadullaev,

Ogohlantirish: Sanat Shixov ("Qo'qon-1912") 11, Abduvohid Ne'matov ("Nasaf") 21, Akmal Mozgovoy ("Nasaf") 76, Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") 82


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90+3. ZARBAAAAAAAA. Quvondiq Ro'zievning jarimadan yo'llagan zarbasini Abduvohid Ne'matov osonlikcha bartaraf etdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. Oybek Bozorov o'rniga Zafarmurod Abdurahmatov tushdi

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. NIHOYAYAYAT. Umar Eshmurodov mezbonlar himoyasidagi palapartishlikdan unumli foydalanib hisobni ochdi .





84. Javohir Sidiqov "Nasaf" jarima maydonchasi ichida bir nechta futbolchini aldab yurdi. 

81. OGOHLANTIRISH. Javohir Sidiqov

78. O'ZGARISH. Sanat Shixov o'rniga Merzlyakov, Shahzod Nurmatov o'rniga Anvar Xojimirzaev

76. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Akmal Mozgovoy

74. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT. NORCHAEV. Unga yana nima kerak? Qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

73. O'ZGARISH. Marko Stanoevich o'rniga Bahrom Abdurahimov, Alibek Davronov o'rniga Semir Smaylagich tushdi. 

72. O'ZGARISH. Jamshid Hasanov o'rniga Javohir Sidiqov

70. O'yin qizigandan qizimoqda. Futbol ko'ryapmiz, haqiqiy futbol. 

65. O'ZGARISH. "Nasaf", Aziz Xolmurodov o'rniga Ivan Solovyov tushdi. 

61. ZARBAAAAA. SHarof Muhiddinov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llashga harakat qildi. Himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

 

59. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Mo'min Meliev o'rniga Bilolxon Toshmirzaev tushdi. 

57. UXXXXXXXX. Markoning burchakdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi. 

55. Oybek Bozorovning zarbasi noaniq

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Tanaffus. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


44. ZARBAAAAAAAAA. Sharof Muhiddinovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 

43. "Nasaf"da jarima zarbasi. To'p chiziq ustida.

38. Birinchi bo'lim o'rtalaridan so'ng uchrashuvda temp oshdi.

37. ZARBAAAAAAA. "Nasaf"dan ketma ket hujumlar. Akmal Mozgovoyning zarbasi xavfli chiqdi.

34. ZARBAAAAAAA. Sanat Shixovning jarimadan yo'llagan to'pi xavfli chiqdi. Abduvohid Ne'matov mahoratini ko'rsatdi.

22. Lukichning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegdi.

21. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Abduvhid Ne'matov

20. XAVFLI VAZIYAYAYAT. Nurmatov va Hasanov qarshiliklar darvozasi tomon keskinlik uyushtirdi. Abduvohid Ne'matov to'pga chiqib kelib qaytardi

18. ZARBAAAA. Marko Stanoevichning 25 metrlardan bergan zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi

11. OGOHLANTIRISH. Sanat Shixov Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

4. "Nasaf" o'yinni nazorat qilmoqda. Hozircha jamoalar darvozalarga xavfli zarba bermadi. 

O'yin boshlandi

- Uchrashuv 18:30da boshlanadi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia