Rasman: FIFA va UEFA rus klublarini va termasini barcha xalqaro turnirlardan chiqarib yubordi

Mirjalol Normatov
28 fev 2022
FIFA va UEFA matbuot xizmati Rossiya klublari va termasi borasida bayonotini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Rossiya termasi hamda mamlakat hududiga kiruvchi barcha klublar xalqaro turnirlardan chiqarib yuborildi. Rossiya terma jamoasi Qatar-2022 o'tish o'yinlarida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Bayonotda ma'lum qilinishicha, tashkilot "Gazprom" bilan shartnomani bekor qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Gazprom" yaqindagina UEFA bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirib, yiliga 40 million evro to'lashi borasida shartnoma imzolangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com