IFFHS. O'zbekiston Superligasi Osiyoning 2021 yildagi eng yaxshi chempionatlari beshligida!

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2022
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2021 yilning eng yaxshi milliy chempionatlari reytingi e'lon qildi.

Ro'yxatda 1406 ochko bilan Braziliya A Seriyasi yetakchi sifatida qayd etildi. Keyingi o'rinlardan APL hamda Italiya chempionati o'rin oldi.

O'zbekiston Superligasi esa 309,5 ball bilan 66-o'rinda ko'rsatilgan va bu Osiyodagi beshinchi ko'rsatkichdir. Qayd etishi joizki, chempionatimiz o'tgan yili reytingda 48-pog'onada edi.

22. J.Koreya chempionati – 577,5

34. Yaponiya chempionati – 449

40. Eron chempionati – 404

48. S.Arabistoni chempionati – 362

66. O'zbekiston Superligasi – 309,5

73. BAA chempionati – 287

77. Qatar yulduzlar ligasi – 252

80. Tailand chempionati – 202,75


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS