O'zbekiston milliy terma jamoasi "Al Vahda" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2022
O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Milliy terma jamoamiz yakshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Vahda" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanalida xabar berdi.

Avvalroq, milliy jamoamizning Yaponiya termasi bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilingandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: https://t.me/ANikimbaev