

Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov hamda klub bosh homiysi Agromir Buildings taklifiga ko'ra, Dinamo PFK jamoasi bosh murabbiyligiga xorijlik mutaxassis taklif etildi. Serbiyalik Predrag Rogan Dinamo klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 47 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik murabbiy tez orada klub mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.
Shuningdek, yugoslaviyalik sobiq futbolchi, so'nggi yillarda Serbiya yoshlar jamoasida (U-19) murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ivan Yevich Dinamo klubida Predrag Roganga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. 46 yoshli mutaxassis jamoa mashg'ulotlarida qatnashmoqda.
Ma'lumot uchun, Predrag Rogan 1974 yilning 2 avgust kuni Serbiyada tug'ilgan. UEFAning Pro licenziyasiga ega mutaxassis 2011 yildan buyon murabbiylik faoliyatini yuritib kelmoqda. Xususan, u Serbiyaning Rad (2011 yil), FK Palich (2013), Zemun (2014), Machva (2015), Bachka Topola (2018), Spartak Subotnica (2018), Napredak (2019), Uypesht (Vengriya, 2020) jamoalarini boshqargan. So'nggi 2021 yilda esa Serbiya Superligasi vakili Vojvodac klubini boshqargan.
Dinamo klubi 5 yanvardan buyon Samarqandda yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda. Jamoa bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, 28 dekabrda saytimizda "Eshitdik-da!" rukni orqali Predrag Roganning samarqandliklar bosh murabbiyiga aylanganini ma'lum qilgandik.



