IFFHS. 20 yoshgacha bo'lgan osiyolik futbolchilardan iborat yil ramziy jamoasi tuzildi. Unda ikki vakilimiz bor

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2022, 08:45
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi Osiyodagi 20 yoshgacha futbolchilardan iborat yil ramziy jamoasini e'lon qildi.

Undan “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne'matov hamda “Nijniy Novgorod” a'zosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev joy oldi.

Darvozabon: Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (“Nijniy Novgorod”), Syumpey Naruse (“Nagoya Grampus”), Yassem Gaber (“Al Arabi”), Tomas Akilina (“Uestern Sidney Uonderers”);

Yarim himoyachilar: Li Kan In (“Malorka”), Daiki Macuoka (“Simidzu S-Pals”), Takefusa Kubo (“Malorka”);

Hujumchilar: Yung San-bin (“Suvon”), Allohyor Sayyodmanesh (“Fenerbahche”), Muhammad Maran (“Al Nassr”)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS