

Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Oybek Qilichev uzoq masofadan chap oyoqda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:1. Bahsning 41-daqiqasida Qilichev bu safar o'ng oyog'ida darvozaning boshqa yuqori burchagini nishonga oldi - 0:2.
45-daqiqada Sanat Shixov jarima to'pidan ajoyib gol urdi - 1:2. Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Akmal Shorahmedov Marko Obradovich bilan "devor" uslubida o'ynab, jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:3.
89-daqiqada Marko Obradovich hisobni yiriklashtirdi - 1:4.
O'yin mana shu hisob bilan yakunlandi va "Neftchi" klubi uch yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytdi!
7 oktyabr, payshanba
16:15 - NURAFSHON – NEFTCHI 1:4
Hakamlar: Aziz Asimov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov
Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov
Komissar: Aleksandr Davidenko.
Gollar: Oybek Qilichev 10, - 0:1. Oybek Qilichev 41, - 0:2. Sanat Shixov 45, - 1:2. Akmal Shorahmedov 45+2, - 1:3. Marko Obradovich 89, - 1:4.
Golga aylanmagan penalti: Sanat Shixov 67 (ustun).
"Nurafshon": 20.Sardor Qobuljonov, 6.Bobur Qosimov, 9.Davronbek Isoqov, 11.Sanat Shixov, 16.Alisher Sanoev, 19.Tohir Maladustov, 23.Behruz Shodmonov, 27.Sardor Izzatov, 34.Hakimxon Alamxonov, 65.Marko Milich, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev.
"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal Shorahmedov, 17.Abdulloh Olimov, 18.Shavkat Mullajonov, 21.A'zam Aliev, 22.Umar Adhamzoda, 44.Darko Stanoevich, 80.Aleksandr Eshich, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug'bek Hoshimov.





